Davlat statistika qo‘mitasi «Statistika» integrallashgan axborot tizimini (SIAT) yaratib, uning negizida siat.stat.uz portalni ishga tushirdi.

Qo‘mita xabarida ta’kidlanganishicha, tizim statistik manbalarni yagona ma’lumotlar omboriga birlashtirib, ularni jadval, grafik, diagramma va kartogrammalar orqali vizual tarzda ko‘rsatish imkonini beradi.

порtaл, statistika, statistika qo‘mitasi

Portal rasmiy statistik ma’lumotlarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va ma’lum davr uchun uni olish imkonini beradi.

«SIAT — rasmiy statistikani e’lon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5−10 barobarga, alohida so‘rovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi. Ushbu tizim xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi», — deyiladi xabarda.

порtaл, statistika, statistika qo‘mitasi

порtaл, statistika, statistika qo‘mitasi

Tizim hozirda 19 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 1700 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar to‘plamini, so‘nggi 10 yildagi vaqt seriyalarini, shuningdek, so‘nggi 30 yildagi makro ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

Ularni turli formatlarda (Excel, PDF i JPG) bepul ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, uchinchi tomon xizmatlari mustaqil integratsiya uchun mashinada o‘qiladigan formatlarda (CSV, JSON i XML) kirishni ta’minlaydi.

Portal o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud.