Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent — Termiz — Toshkent va Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Poyezdlar harakati quyidagicha amalga oshiriladi:

  • 16 va 18 yanvar kunlari 158-sonli Toshkent — Termiz yo‘nalishi: Toshkent 21:42 — Termiz 11:41;
  • 17 va 19 yanvar kunlari 157-sonli Termiz — Toshkent yo‘nalishi: Termiz 15:10 — Toshkent 05:42;
  • 17 va 20 yanvar kunlari 156-sonli Toshkent — Urganch yo‘nalishi: Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;
  • 17 va 20 yanvar kunlari 155-sonli Urganch — Toshkent yo‘nalishi: Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.

Qolaversa, qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali ham xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirilgandi.