9−11 yanvar kunlari A-373 «Toshkent — O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovoni xududida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman tushishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xizmati xabar berdi.

Qolaversa, dovonda ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 1 -20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida ham qor yog‘adi.

Vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi kutilmoqda.