Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida Cobalt va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 4R-176 Nukus-Chimbay-Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 22−23-km oralig‘ida Cobalt yo‘lning qarama qarshi tomoniga o‘tib ketib Nexia-2 bilan to‘qnashdi.

Oqibatda Nexia-2 haydovchisi jarohat olib vafot etgan. Nexia-2 yo‘lovchisi va Cobalt haydovchisi esa shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan Kegeyli tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.