Toshkent shahri Chilonzor tumanida maklerlar uy talashib janjallashishi oqibatida ulardan biri jarohatlandi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 23 yoshli S.U. 3 yanvar kuni tanishi 21 yoshli F.K. bilan Chilonzor tumani 16-dahada joylashgan Y.J.ning ijaraga berayotgan uyiga bir vaqtda bir mizojni olib borgan. Shundan so‘ng o‘rtalarida janjal kelib chiqqan va oqibatda uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan noma’lum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga jarohat yetkazgan.

Oqibatda F.K. RSHTIYOMga qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi kabi jarohatlar bilan murojaat qilgan.

Holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.