Buxoro viloyatining Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvar kuni soat 07:40 larda Peshku tumani «Hurram» MFY, Kate qishlog‘ida yashovchi 1998 tug‘ilgan R.S.ning yashash uyi molxonasining shiftida oq rangli sintetik matodan to‘qilgan arqon bilan sirtmoq yasab, o‘zini osishi oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan S.R.ning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba o‘z joniga suiiqasd qilmaganini, 2022 yil 31 dekabr kuni uyida bo‘lganini, nima sababdan osganligini hech kim bilmasligini, uning o‘z joniga qasd qilgani holati yuzasidan biron-bir shaxsga da’vo e’tirozlari yo‘qligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan S.R.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

2022 yil 30 dekabr kuni soat 15:18 larda Peshku tumani «Peshku» MFY, «Peshku» qishlog‘ida yashovchi 2001 yil 12 aprelda tug‘ilgan M.D.ning yashash uyida sintetik matodan to‘qilgan arqon bilan sirtmoq yasab, o‘zini osishi oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan D.M.ning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba o‘z joniga suiiqasd qilmaganligini, 2022 yil 30 dekabr uyida bo‘lganini, nima sababdan osganini hech kim bilmasligini, uning o‘z joniga qasd qilgani holati yuzasidan biron-bir shaxsga da’vo e’tirozlari yo‘qligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.