Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqotda Rossiya-O‘zbekiston ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, turli sohalarda, jumladan, energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 26−27 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Vladimir Putinga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, sammitda Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari 2022 yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgandi.