Toshkentdagi sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida rekonstruksiyadan so‘ng Alpomish muz saroyi ochildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

alpomish, muz saroyi, юбилейний

Sport inshooti 50 yildan ortiq tarixga ega. Rekonstruksiya ishlari ikki yildan ortiq davom etdi. Majmua 8000 kvadrat metr maydonda joylashgan va 6000 o‘ringa mo‘ljallangan.

alpomish, muz saroyi, юбилейний

Muz saroyida xokkey musobaqalari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, majmua hududida turli sport seksiyalari ochilishi rejalashtirilgan.

alpomish, muz saroyi, юбилейний

Afisha.uz nashrining yozishicha, Alpomish 30 dekabr kuni tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Bu yerda 19:00 dan 23:00 gacha konkida uchish mumkin. Ushbu ish tartibi 8 yanvarga qadar davom etadi. 30 daqiqada chang‘i uchish narxi — 30 ming so‘m.

Spot.uz ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil mart oyida New Universal Development (2015 yilda tashkil etilgan, ustav kapitali 14 mlrd so‘m, yagona ta’sischisi — Qosimov Bahodir Xabibullayevich) «O‘zko‘rgazmasavdo» binosini hukumat qarori doirasida «nol» qiymatda sotib olgan. Investor muz saroyi qurilishiga 100 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish, 120 ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olgan. Dastlab, 2020 yil 1 sentabrga qadar muz saroyining o‘zi, 2021 yilning 1 iyuliga qadar esa tegishli infratuzilmasini topshirish rejalashtirilgan edi.

«Beruniy» metro bekati yaqinidagi majmua dastlab «Yubileyniy» sport saroyi sifatida qurilgan va 1970 yilda ochilgan. U yerda xokkey, figurali uchish, voleybol va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan. Muz butun yil davomida saqlanib turgan. 1990-yillarda muz saroyi savdo markaziga, 2000 yillarda esa «O‘zko‘rgazmasavdo» ko‘rgazma paviloniga aylantirildi.