O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Hikmatovich Kariyevni egallab turgan lavozimidan ozod etdi, deya xabar berdi davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov. Kariyev 2019 yil fevralidan beri agentlikni boshqarib kelayotgandi.

Matbuot kotibning ma’lum qilishicha, juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident «‘Dok-1 Maks' preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan ko‘z yumgani bilan bog‘liq vaziyatni qattiq tanqid qilgan».

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

«Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar o‘limi sohada ishlar ahvolini, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!», — dedi prezident.

Avvalroq Hindistonda ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilganidan so‘ng O‘zbekistonda 20 nafarga yaqin bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.