So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga internet orqali katta pul evaziga mahsulot yetkazib berish haqida berilayotgan e’lonlar yuzasidan O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi fuqarolarni norasmiy kurerlik xizmatlariga ishonmaslikka chaqirmoqda.

Taqdim etilayotgan takliflar asosan norasmiy kurerlik xizmatlari tomonidan beriladi. Unda narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) so‘raladi. Buning oqibatida politsiya xodimlari kurerlar ushlab, jinoiy javobgarlikka tortmoqda.

Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklardan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslik yoki mahsulotni tekshirish so‘raladi.

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun ko‘p yillik muddatga qamoq jazosi belgilangan.