Toshkentning Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi va Tracker ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXX matbuot xizmati.

2022 yil 26 dekabr kuni soat 02:20 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker`ga borib urilgan va ag‘darilgan.

YTH oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q. YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi xabarda.