Toshkent viloyati Parkent tumanidagi «Krasnogorsk» qishlog‘ida 57 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar tag qismidan noqonuniy kesib tashlandi, deya 22 dekabr kuni viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bermoqda. Daraxtlar kesilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyida paydo bo‘lgandi.

Ekologik nazorat bo‘yicha inspeksiya hamda Toshkent viloyati Ekoboshqarmasi mas’ullari holatni joyiga chiqib o‘rganganda, daraxtlar Krasnogorsk qo‘rg‘oni hududidagi «Oydin», «Toybuloq», «Said ota», «Fayzobod» mahallasida kesilganligi aniqlandi.

»daraxtlar

Shuningdek, Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi Davlat xizmatlari agentligiga yo‘llagan arizasida quriyotgan yoki qurib qolgan 6 tup yovvoyi olma, 16 tup terak, 12 tup Zarafshon archasi, 25 tup past bo‘yli qayrog‘och, 8 tup shumtol, 6 tup zarang bargli chinor daraxtlarini kesishga ruxsat so‘ralgan. Biroq, ushbu ariza daraxtlarni nobud qilish bilan bog‘liq yoki yo‘qligi aniqlanmagan.

Qolaversa, Quyi Chirchiq tumani «Madaniyat» MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda jami 7 dona shumtol daraxtlarini noma’lum fuqarolar 20 dekabrdan 21 dekabrga o‘tar kechasi kesib ketgan.

daraxtlar кесилиши, тошкент viloyati

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, buning ortidan tabiatga 394 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergov ishlari ketmoqda.