Dushanba va seshanba kunlari Toshkentning bir qator ko‘chalarida yo‘l chiziqlari yangilanishi munosabati bilan tirbandliklar yuzaga keldi. Poytaxt IIBB YHXB Telegram-kanalidagi qisqa xabardan tashqari, bu haqda hech qayerda e’lon qilinmadi.

Barvaqt ogohlantirishlar bo‘lmagani sababli haydovchilar bevosita yopiq uchastkalardan ortga qayrilib olishga majbur bo‘lgan va bu vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Shahrisabz ko‘chasining yopilgan uchastkasi. Haydovchilar ortga qaytishga majbur bo‘lishdi.Shahrisabz ko‘chasining yopilgan uchastkasi. Haydovchilar ortga qaytishga majbur bo‘lishdi.

Ishlar Shahrisabz, Navoiy, Amir Temur va boshqa markaziy ko‘chalarda olib borildi. Amir Temur ko‘chasining birinchi yo‘lagi bo‘ylab esa jamoat transporti uchun ajratilgan liniya ham yaratildi.

Seshanba kuni kechqurun poytaxt YHXB o‘z kanalida haydovchilardan aylanma yo‘llarni tanlashni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston poytaxtida havoning ifloslanish darajasi oxirgi kunlarda juda yuqori bo‘lib qolmoqda