Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida moliya vaziri Timur Ishmetov kelgusi yillar uchun O‘zbekiston iqtisodiyotining prognoz qilingan o‘sish sur’atlari bilan tanishtirdi.

Keltirilishicha, murakkab geosiyosiy vaziyatlar fonida O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2022 yilda 5,7 foizga, 2023 yilda 5,3 foizga, 2024 yilda 5,6 foiz, 2025 yilda esa 6 foiz o‘sishga erishish prognoz qilinmoqda.

«Jahon bozorida oziq-ovqat va yonilg‘i narxlarida kuzatilayotgan tebranishlar natijasida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2022 yilda 12 foiz bo‘lishi, 2023 yilda esa 9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda», dedi moliya vaziri.

Ushbu o‘sish sur’ati sanoatning 5,1 foizdan 6,9 foizgacha, xizmat ko‘rsatishda 14,1 foizga, qurilish sohasining 6 foizga, qishloq xo‘jalik 3,5 foizga o‘sishi evaziga erishish erishish ko‘zda tutilmoqda.

2023 yilda budjet daromadlari 311 trln so‘m miqdorida, xarajatlar esa 344 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan. Eksport hajmi 23,2 dollarга yoki 22,8 foizга o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Konsolidatsiyalashgan budjet 32 trln 528 mlrd so‘m yoki YAIMga nisbatan 3 foiz taqchillik bilan shakllantirildi.

2022 yakunlari bilan 29 mlrd 215 mln dollar tashkil etishi kutilmoqda. Keyingi yil yakuni bilan 32 mlrd 62 mln bo‘lishi rejalashtirilgan. Bunda tashqi qarzning YAIMdagi miqdori kelgusi yilda ham 36 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat qarzi qoldig‘i 26 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 35,1 foizni tashkil etgandi.

Shundan, davlat tashqi qarzi — 23,2 mlrd dollar, ichki qarzi — 2,77 mlrd dollarni tashkil etadi.