Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudida 1−2 iyul kunlari Nukusda (Qoraqalpog‘iston) sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda. Birinchi haftada ayblov xulosalari va 22 nafar sudlanuvchining ko‘rsatmalari eshitilgandan so‘ng fuqaroviy da’vogar va jabrlanuvchilar so‘zga chiqdi. 12 va 13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan majlislarda «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov ishtirok etdi.

Jarayonning ikkinchi haftasida (o‘sha haftada sud majlisi faqat uch kun — 5−7 dekabrda bo‘lib o‘tdi) 126 dan ortiq fuqaroviy da’vogarlar (mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni qoplash talabini ilgari surgan shaxslar) hamda jabrlanganlar, jumladan, Nukus IIBning sobiq rahbari (iyul voqealari vaqtida) Ziyatdin Ziyayev so‘zga chiqishdi. Uning fotosuratlari boshqa so‘zga chiquvchilar qatorida O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Ziyatdin Ziyayev. Foto: O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati.Ziyatdin Ziyayev. Foto: O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati.

Sud jarayonining uchinchi haftasida dastlabki ikki kunda sud tergovi doirasida mos ravishda 52 va 56 nafar fuqaroviy da’vogar hamda jabrlanuvchilar — harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari so‘zga chiqdi. Ular O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan videokonferensaloqa orqali so‘zlashdi.

12 dekabr kuni Toshkent va Samarqanddan qo‘shilgan jabrlangan harbiylar ko‘rsatma berdi. Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiylari — asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan — jamoat tartibini ta’minlash maqsadida namoyishlar munosabati bilan Nukusga jo‘natilganini ma’lum qilishdi.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Guvohlik berishdan oldin sud ishtirokchilari uchun qasamyod.

Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrug harbiy qismlaridan birining xizmatchisi kapitan Rustam Bobojonov ham so‘zga chiquvchilar orasida bo‘lib, u ekipaj a’zolari namoyishchilar tomonidan kaltaklangan BTR bilan sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida gapirdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ushbu voqea haqida ma’lum qilgan edi. U ko‘plab jarohatlar olgani, hali ham davolanayotganini aytdi. Sheriklari uning ko‘rsatmalarini tasdiqlashdi hamda olgan jarohatlari haqida ham gapirishdi.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Jabrlanuvchilar o‘z nuqtlari oxirida sudlanuvchilarga munosib jazo tayinlanishini so‘rashdi.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Jabrlangan harbiylar ko‘rsatma bermoqda (quyi chap burchak). Foto: Oliy sud.

13 dekabr kuni Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istondan bir qancha harbiylar, IIV, tibbiyot xodimlari va oddiy fuqarolar so‘zga chiqishdi.

Dauletmurat Tajimuratov.Dauletmurat Tajimuratov.

Sessiya avvalida Dauletmurat Tajimuratov sudda prezident farmoni bilan protsessual huquq berilgan bo‘lsa-da, advokatlarga telefondan foydalanish va jarayonni audioga yozib olish taqiqlanganini aytdi. Sudya sud jarayoni video va audio yozuvga tushirilayotgani, agar kerak bo‘lsa, advokatlar qaydlarni olishlari mumkinligini ma’lum qildi. U, shuningdek, advokatlarga ovoz yozishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqishini aytdi.

Samarqandlik harbiy xizmatchilardan birining chiqishi chog‘ida sudlanuvchi Azamat Nuratdinov harbiy xizmatchilardan kechirim so‘rab, o‘zi va yonidagilar qilmishidan afsusda ekanini aytdi.

«Yomon millat bo‘lmaydi, yomon odamlar bo‘ladi. O‘sha kuni biz xato qildik. Videoni tarmoqqa mana shu shaxs — Dauletmurat Tajimuratova qo‘ygan… Birodarlar, do‘stlar, ko‘chadagilarning hammasi shu videolar tufayli shu yo‘lga chiqishdi. Men bundan afsusdaman. Bu yigitlar ham afsusda. Biz kechirim so‘raymiz», — dedi sudlanuvchi. U bilan birga Tajimuratovdan boshqa barcha sudlanuvchilar o‘rnidan turdi.

Nuratdinov qoraqalpoq tilida she’r yozishini aytdi. Kechasi u o‘zbek tilida yurt tinchligini saqlashga bag‘ishlangan she’r yozganini aytib, uni o‘qib berdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan harbiylarning 10 nafarga yaqini ayblanuvchilarning qilmishidan pushaymon bo‘lganini inobatga olib, ularga nisbatan yengilroq jazo qo‘llash yoki kechirishlarini so‘radi. Har gal harbiylar buni so‘raganida ayblanuvchilar ularga minnatdorchilik bildirib, qarsak chalishdi.

Ayblanuvchilar Razbek Bekmuratov va Bayram Seytniyazov ham uzr so‘radi.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Sud tushlik uchun tanaffus e’lon qilganidan keyin sudlanuvchilarning yaqinlari ular bilan gaplashishga harakat qilmoqda.

Sud jarayoni 14 dekabr, chorshanba kuni davom etadi.

«Gazeta.uz» guvohlar bir-birining ko‘rsatuvlarini eshitmasligi kerakligi bois Nukus voqealari yuzasidan sud majlisidan onlayn translyatsiya muzokaralar jarayoniga qadar to‘xtatilgani haqida yozgan edi. Shu munosabat bilan biz ham guvohlarning chiqishlarini e’lon qila olmaymiz.