11 dekabr kuni Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketilgani haqida xabar berilgandi.

Buning oqibatida, qizil kitobga kiritilgan «Zarafshon archasi», «Shumtol», «Uchkad» va «zarang» nomli jami 38 tup daraxtlar shikastlantirilgani va o‘simlik dunyosiga jami 560 mln 550 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani bo‘yicha xulosa berilgan va to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgandi.

Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan 12 dekabr kuni Boysun tumani prokuraturasi tomonidan JKning 202-moddasi 3-qismi «j» bandi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.