O‘zbekiston — shiorlar mamlakati. Chiroyli, ilhomlantiruvchi, vatanparvarlik ruhidagi shiorlar. Biza davlatning g‘amxo‘rligi, Vatanga muhabbat, buyuk tarix va porloq kelajakni eslatib turadi.

Shiorlar butun hayotimiz davomida bizga hamrohlik qiladi. Mamlakatning qayerida bo‘lmasin, ularni bolalar bog‘chalarida, maktablarda, ko‘chalarda, tibbiyot muassasalarida, bozorlarda, markaziy maydonlarda uchratamiz.

Ular qishloq yo‘llarida va hatto cho‘llarda ham uchraydi. Ba’zan ular yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlarga o‘xshaydi hamda haydovchilarni yo‘ldan chalg‘itadi. Biroq ular bunday joylarda qo‘yilgan ekan, ehtimol biror narsa uchun zarurdir.

Bizning hayotimiz davomida shiorlar doimo o‘zgarib turadi, lekin ularning atrofimizdagi mavjudligi o‘zgarmasdir. Ilgari ular partiya va Lenin haqida bo‘lgan. Keyinroq — buyuk kelajak haqida. Hozir esa — Yangi O‘zbekiston haqida.

Biz ularni e’tiborsiz qoldirishimiz va ma’nosi haqida o‘ylab ham ko‘rmasligimiz mumkin. Ammo ular xotirada shu qadar muhrlanganki, agar siz ko‘chada kimnidir to‘xtatib, bir nechta shiorlarni keltirishni so‘rasangiz, ular buni osongina qila olishadi. Ko‘pchiligimiz hatto shiorlar orqali gaplashamiz.

Sizning sevimli shiorlaringiz qaysi? Ular haqiqatni qanchalik aks ettiradi? Ular sizga mashhur qo‘shiqda aytilganidek, «qurish va yashashga» yordam beradimi? Fikrlaringizni izohlar orqali baham ko‘ring. Shiorlar tasvirlangan suratlarni joy nomi bilan birga bizning Telegram-botimizga yuboring.

Foto

Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘li.

Toshkentdagi bozor.


Sirdaryo viloyati, Guliston.

Farg‘ona, Qo‘qon shahri.

Toshkent.

«Amir Temur» metro bekati, Toshkent.

Chilonzor uy bozori, Toshkent.

Chilonzor dehqon bozori, Toshkent.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi maktab.


Toshkentning Uchtepa tumani.


Toshkentning Chilonzor tumani.


Toshkentning Yashnobod tumani.


Navoiy viloyati.


Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani.


Jizzax viloyati.


Sirdaryo viloyati, Baxt, xalqaro avtomobil yo‘li.


Sirdaryo viloyati.


Sirdaryo viloyati.


Toshkent viloyati, Chinoz, xalqaro avtomobil yo‘li.


Toshkentdagi avtobus.


Sirdaryo viloyati. Bannerda shunday yozilgan: «Dehqon bu — hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi».


«Buyuk ipak yo‘li» metro bekati, Toshkent.


Toshkentning Sergeli tumani.


Tog‘lar bag‘ridagi G‘elon qishlog‘i, Qashqadaryo viloyati.

Guliston, Sirdaryo viloyati.


Sirdaryo viloyati IIB binosi.

Toshkent.