O‘zbekistonda 2−3 dekabr — dam olish kunlari sovuq antitsilon ta’siri saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet markazi.

1 dekabrdan O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib keldi. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.

Juma kuni mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublikaning eng janubiy qismining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0…+5 daraja, shimolda −2…−5 daraja atrofida bo‘ladi.

Sovuq antitsiklon ta’siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari −2…−7 daraja, kunduz kunlari 0…+5 daraja, shimolda kechalari −10…−13 daraja, ba’zi joylarda −15…−17 darajagacha, kunduz kunlari −2…−7 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.