1 dekabr payshanba kuni O‘zbekistonda 159 kishi koronavirus yuqtigani ma’lum bo‘ldi (bir kun avval 154 kishi). Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eng ko‘p bemor Toshkent shahrida — 64 nafar, Toshkent viloyatida esa 19 kishi kasallikka chalingani aytildi. Jizzax va Surxondarda 12 nafar, Buxoro va Xorazmda — 10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 7 nafar kovid yuqtirgan bemor aniqlandi.

Pandemiya boshlangan 2020 ylning mart oyidan beri O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning rasmiy statistikasi 246,2 ming nafarga yetdi.