Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi, deya xabar qildi qo‘shni davlat rahbari matbuot xizmati. Mazkur hujjatlar ikki davlat hukumatlari tomonidan 3 noyabrda Bishkekda imzolangan edi.

Shundan so‘ng qonunlar Qirg‘iziston Jogorku Keneshi tomonidan 17 noyabrda ratifikatsiya qilindi.

Mazkur ikki hujjatni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlar O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 14 noyabr kuni qabul qilingani haqida yozgan edik.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida Kampir-obod suv ombori hududi O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 ga yaqin siyosatchi va faollar hibsga olingani haqida yozgan edik.