28 noyabr, dushanba kuni O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining 549 900 dozasi yetib keldi, deb xabar бердиССВ matbuot xizmati.

Avvalroq vaksinaning qariyb 143 ming dozasi keltirilgani haqida xabar berilgandi.

YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining yana 3 mln dozasi keladi.

Bugungi kunga qadar mamlakatda emlash jarayonida jami 72,5 mln doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 6,7 millioni Pfizer vaksinasidan olingan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan haftadan boshlab, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni oshgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar 2022−2023 yillar kuz-qish mavsumida koronavirus infeksiyasi bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida qayd etilishi kuzatilmoqda.

«Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda va epidemik vaziyat to‘liq nazorat ostiga olingan», — deya ta’kidladi u.