Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan dushanba kuni Buxoro viloyati sudida o‘tgan sud majlisida gumondorlarning bir qismi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, qolganlari esa qisman tan oldi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Sudga Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Yelubay Abibullayev raislik qilmoqda. Jarayon to‘liq qoraqalpoq tilida bo‘lib o‘tmoqda — sudya mazkur tilda ishni olib bormoqda, prokuratura vakillari ham ayblovni qoraqalpoqchada o‘qib eshittirdi, sudlanuvchilar ham shu tilda javob bermoqda.

Avvalroq 22 ayblanuvchining har biriga qo‘yilgan ayblovlar ro‘yxatini, ularning ish joylari yoki faoliyat turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek prokuratura tomonidan qo‘yilgan ayblovlarning qisqacha tavsifini e’lon qilgandik.

Sudya har bir sudlanuvchidan ayblov tushunarli yoki yo‘qligini, qolaversa, o‘z aybiga iqrorligini so‘radi.

Sudlanuvchilarning javoblari:

  • Dauletmurat Tajimuratov — qisman
  • Lolagul Qallixanova — to‘liq
  • Azamat Turdanov — to‘liq
  • Axmet Smetullayev — qisman
  • Dao‘letmurat Djiyemuratov — to‘liq
  • Baxtiyar Kadirbergenov — qisman
  • Bayram Seytniyazov — qisman
  • Allabay Toqimbetov — qisman
  • Qaharman Seytimov — to‘liq
  • Azamat Nuratdinov — to‘liq
  • Seydabulla Medetov — qisman
  • Nurlan Nayipov — to‘liq
  • Polat Shamshetov — to‘liq
  • Razbek Bekmuratov — qisman
  • Sultanbek Kaipov — qisman
  • Berdax Genjebayev — to‘liq
  • Salamat Kalilayev — to‘liq
  • Polat Nurniyazov — to‘liq
  • Saiipnazar Kalimov — to‘liq
  • Nurlan Sultamuratov — to‘liq
  • Arislan Temirxanov — to‘liq
  • Amirbek Adilbekov — to‘liq