13 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegaradagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan fransiyalik fuqaro 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Yakunda uning yuklari orasida 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i borligi aniqlandi. Giyohvand moddaning vazni 22,64 grammga teng.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.