«sariosiyo» tegli maqolalar


Surxondaryoda maktab-internatning 30 dan ortiq o‘quvchisi zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
30 yanvar 2024, 10:01

Surxondaryoda maktab-internatning 30 dan ortiq o‘quvchisi zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 33 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Maktabga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlagani aniqlandi.

Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
7 yanvar 2024, 10:23

Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Toshkent-Termiz-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida Let L-410 havo kemasi bilan ilk sinov parvozi amalga oshirildi. Doimiy parvozlar yo‘lovchi terminali qurilib, zaruriy infratuzilma yaratilgandan so‘ng ATR-72, Let L-410 va undan kichik samolyotlarda yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident
17 noyabr 2023, 17:11

2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident

2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”
4 avgust 2023, 12:36

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”

Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjali tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquqshunos va ekspertlar “hokim pedagogni ishdan olishga haqqi yo‘q”, “hokimlarni ta’limga umuman yaqinlashtirmaslik kerak” demoqda. “Hokim qamab, vazir ozod qilsa, sudning nima keragi bor?” degan savol ham berildi.

Fransiya fuqarosi Tojikistondan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tayotganda ushlandi
26 noyabr 2022, 18:37

Fransiya fuqarosi Tojikistondan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘ini olib o‘tayotganda ushlandi

Surxondaryodagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan o‘tayotgan fransiyalik fuqaroning yuklari orasidan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i aniqlandi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sariosiyoda «Hazarbog‘» kanali irmog‘idan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi
26 oktabr 2022, 11:38

Sariosiyoda «Hazarbog‘» kanali irmog‘idan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi

Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.

Surxondaryoda YTHdan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatiladi
13 sentabr 2021, 09:50

Surxondaryoda YTHdan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatiladi

Sariosiyo tumanida Matiz avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yubordi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi, Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi. YTH sodir bo‘lgan hududda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatilishi aytildi.

Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi
25 may 2021, 11:26

Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting