16 noyabr kuni AQSh Milliy aerokosmik agentligining (NASA) Artemis I loyihasi doirasida uchuvchisiz Orion kosmik kemasi 21 noyabr kuni Oyga uchib, unga eng yaqin masofada parvoz qildi, deya xabar berdi NASA. Kema Oy yuzasidan taxminan 130 km balandlikdan o‘tdi, shundan so‘ng u balandroq orbitaga kira boshladi.

Kema, xususan, 1969 yilda astronavtlar bilan birga «Apollon-11» kosmik kemasining qo‘ngan joyi — Tinchlik dengizi ustidan taxminan 2250 km balandlikda uchib o‘tdi. Keyinchalik «Apollon-14» va «Apollon-12» qo‘nish joylarida bo‘ldi.


Orion kamerasidan Oyning narigi tomonidan olingan surat. Foto: NASA.

25 noyabr, juma kuni u Oydan 92194 km uzoqlikdagi chuqur orbitaga chiqadi va 26 noyabr kuni Yerdan 400 171 km uzoqlikdan o‘tib «Apollon-13» tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilashi kerak bo‘ladi. U 28 noyabr, dushanba kuni Yerdan maksimal masofaga — 432 192 kmga yetib boradi.

«Jarayon biz rejalashtirgandek davom etmoqda. Yer tizimlari, ishchi kuchlarimiz va Orion kosmik kemasining harakati kutganimizdan oshib bormoqda va biz keng fazoni yangi kosmik kemada o‘rganishni davom ettirmoqdamiz», — dedi Artemis I missiyasi direktori Mayk Sarafin.

Artemis I missiyasi o‘tgan chorshanba kuni Floridadagi kosmodromdan dunyodagi eng kuchli raketa — Space Launch System uchirilishi bilan boshlandi. Taxminlarga ko‘ra, kema Yerga 11 dekabr kuni qaytib keladi, missiyaning umumiy davomiyligi 25 kunni tashkil qiladi.

Jarayon NASA tomonidan Artemis II missiyasi doirasida kosmik kema uchirilishi oldidan Oy va Marsni tadqiq qilish bo‘yicha loyihaning muhim qismidir. Bunda missiya 3 marta kechiktirilgan edi.


Parvozning odamlarga ta’sirini o‘rganish uchun Orion bortida sensorli uchta maneken uchadi. Foto: NASA.

«Artemida» dasturi insonning Oyda uzoq muddat bo‘lishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Marsga parvoz uchun «tramplin» bo‘lib xizmat qiladi.

Kemada haqiqiy ekipaj o‘rniga uchta maneken kosmosda odamlar uchun ortiqcha yuklarning, kosmik nurlanishning va boshqa omillarning ta’sirini o‘rganish uchun joylashtirilgan.

Artemis I missiyasi. Manba: NASA.