Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda amaldagi prezident Qasim-Jomart Toqayev yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovi yakunlariga ko‘ra saylovchilarning 81,31 foiz ovozini olganini ma’lum qildi. Bu haqda Ostonada bo‘lib turgan «Gazeta.uz» muxbiri Abdullo Yodgorov ma’lum qildi.

Ro‘yxatga olingan 11,953 mln saylovchidan 6,456 mln nafari amaldagi prezidentga ovoz bergan.

Saylovchilarning 5,8 foizi yoki qariyb 460,5 kishi barcha nomzodlarga qarshi ovoz bergan. Bu prezidentlik uchun kurashgan Toqayevdan boshqa nomzodlarga berilgan ovozlardan ko‘p:

  • Jiguli Dayrabayev — 3,42 foiz (271,6 ming ovoz);
  • Karakat Abden — 2,6 foiz (206,2 ming);
  • Meyram Kajiken — 2,53 foiz (200,9 ming);
  • Nurlan Auyesbayev — 2,22 foiz (176,1 tыsyachi);
  • Saltanat Tursinbekova — 2,12 foiz (168,7 ming).

Ovoz berish jarayonida 8,3 milliondan ortiq odam qatnashgan, bu jami ro‘yxatga olingan saylovchilarning 69,44 foizidir.