Toshkentning Mirobod, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiqlik ta’minoti o‘chiriladi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent.

14 noyabr, dushanba kuni soat 06:30 dan boshlab DU-600 mm magistral quvurida sodir bo‘lgan avariya sababli rejadan tashqari ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti uzilmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Qo‘yliq dahasi 1,2,3,4, 5, 6 va 7;
  • Munis ko‘chasi;
  • Yangi Qo‘yliq ko‘chasi;
  • Fitrat ko‘chasi;
  • Bexterova Sarako‘l ko‘chasi;
  • Yangi zamon ko‘chasi;
  • Tolimarjon ko‘chasi;
  • Sarako‘l ko‘chasi

Issiqlik ta’minoti 14 noyabr kuni soat taxminan 21:00 ga qadar qayta tiklanadi, deyiladi kompaniya xabarida.