Xerson, Rossiya armiyasi qo‘shinlarining asosiy guruhi chekinganidan so‘ng, Ukraina nazorati ostiga qaytmoqda, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari shaharga kirishdi, deb xabar qildi mamlakat Mudofaa vazirligi.

Vazirlik shaharda qolgan rus harbiylariga taslim bo‘lishni talab qilib murojaat e’lon qildi.

“Komandirlaringiz sizni fuqarolik kiyimiga o‘tishga va Xersondan o‘zingiz qochishga harakat qilishga undaydi. Shubhasiz, siz buni qila olmaysiz”, — deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vazirlik chekinish yo‘llari Ukraina armiyasi nazorati ostida ekanligi haqida ogohlantirdi. “Sizda o‘limdan qochishning yagona imkoniyati bor — darhol taslim bo‘lish”, — deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.

Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi Dneprning chap qirg‘og‘iga 30 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchi va 5 mingga yaqin qurol va harbiy texnika olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.

Ukrain Telegram-kanallarida Xerson viloyati aholisi Ukraina bayroqlari bilan Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarini kutib olayotgani aks etgan surat va videolarni joylashtirmoqda.