Noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning IP-TV operatorlari turli tillardagi bir qator xorijiy telekanallarni o‘z paketlariga kiritishdi. Bungacha mahalliy kanallardan tashqari o‘zbekistonliklar asosan Rossiya kanallarini tomosha qilishlari mumkin edi.

UzDigital TV kompaniyasi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qo‘shimcha beshta — BBC World News (Buyuk Britaniya), CNN International, Bloomberg (AQSh), CGTN (Xitoy) i TRT Avaz (Turkiya) kabi kanallar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Qolaversa, IP-televideniye kompaniyalari veb-saytlarida Fox News, CNBC, SkyNews, France 24, “Belarus 24” va boshqa xalqaro telekanallarni ko‘rish mumkin.

Aprel oyida “Gazeta.uz” Komil Jalilovning “Bizning OAVlarimiz jim turgan paytda, xorij OAVlari odamlarimiz ongini egallamoqda” deb nomlangan мақоласiнiэълон qilgandi. Jamoatchilik Rossiya telekanallarining O‘zbekiston auditoriyasiga katta ta’siri borligi haqida bir necha marotaba o‘zining tashvishini bildirgandi.