Buxoroda 3 qavatli binoning tomi quladi, deya xabar bermoqda viloyat FVB.

31 oktabr kuni soat 16:03 larda fuqaro Sh. Saidovdan olingan ma’lumotga ko‘ra, Buxoro shahar Do‘stlik MFY T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan «Kogon Quruvchi montaj» MCHJga qarashli 3-qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi oqibatida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan.

Natijada mazkur qurilishi tugallanmagan binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan Jondor tumani «Xo‘jaxayron» MFY Xo‘jaxayron qishlog‘ida yashovchi fuqaro 1973 yilda tug‘ilgan R.K. bino qulashi oqibatida tan jarohati olib, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.