O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinalarining 419 950 dozadan iborat birinchi partiyasini qabul qildi, deya xabar berdi «Gazeta.uz»ga YUNISEF vakolatxonasi.

2022 yil oxirigacha ushbu vaksinaning yana 1 000 800 dozasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Bunga Kanada hukumatining hayriya sifatidagi 471 600 dozasi, shuningdek, COVAX dasturi orqali 583 600 dozasi yetkazib berish kiradi.

Hozirgacha YUNISEF COVAX dasturi orqali O‘zbekistonga jami 21,4 mln dozada COVID-19 vaksinalarini yetkazib berdi.

Janssen Ad26.CoV2.S vaksinasi Janssen Pharmaceutica, Johnson & Johnson farmatsevtika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Uning ko‘pgina koronavirus vaksinalaridan farqi shundaki, u bitta komponentdan iborat. Biroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, birinchi dozadan 2−6 oy o‘tgach, ikkinchi dozani qabul qilish infeksiyaning simptomatik kursidan va kasallikning og‘ir shaklidan ishonchliroq himoya qiladi.