25 oktabr kuni ertalab Toshkent vaqti bilan soat 5:25 da Xalqaro kosmik stansiya «Progress MS-20» yuk tashuvchi kemasidan foydalangan holda, fazo chiqindilaridan qochish maqsadida oldindan belgilangan manyovrni (Predetermined Debris Avoidance Maneuver) amalga oshirdi, deb xabar berdi «Roskosmos».

AQSh Milliy aerokosmik agentligi (NASA) ma’lum қилишича, manyovr «Kosmos-1408» (SSSR tomonidan 1982 yil sentabrda ekspluatatsiya qilingan, ommaviy axborot vositalari yozishicha, 2021 yil noyabr oyida Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarini sinovdan o‘tkazish paytida yo‘q qilingan) razvedka sun’iy yo‘ldoshi qoldiqlari bo‘lagining harakat yo‘lidan uzoqlashish uchun qo‘shimcha chora sifatida amalga oshirilgan.

«Progress MS-20» dvigatellari XKS rus segmentining Zvezda xizmat moduliga 0,5 m/slik impuls berdi. Manyovr natijasida stansiya orbitasining o‘rtacha balandligi 880 m ga oshdi, deya ta’kidladi Roskosmos. NASA aniqlik kiritishicha, dvigatellar 5 daqiqayu 5 soniya davomida faollashtirilgan.

«Manyovr stansiya ishiga ta’sir qilmadi. Ushbu manyovrsiz kema bo‘lagi taxminan 3 milya (4,8 km — tahr.) masofada uchib o‘tgan bo‘lar edi», — deya ta’kidladi AQSh agentligi.

«Roskosmos» ma’lumotlariga ko‘ra, XKSning shu vaqtgacha bo‘lgan parvozi davomida uning orbitasiga 328 ta tuzatish kiritilgan.

Hozirda «Roskosmos» kosmonavtlari Sergey Prokopiyev, Dmitriy Petelin, Anna Kikina, NASA astronavtlari Fransisko Rubio, Nikol Mann, Josh Kassada va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) astronavti Koichi Vakatadan iborat 68-uzoq muddatli ekspeditsiya ekipaji XKS bortida ishlamoqda astronavt.