Namanganning Pop tumanida 1,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirishgan MCHJ rahbari aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A-P.» MCHJ rahbari A.T. turmush o‘rtog‘i S. nomiga tashkil etilgan «O.S.» MCHJga bank filialidan ajratilgan 1 mlrd so‘m hamda «A-P.» MCHJga ajratilgan 200 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.