14 oktabr kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib harakatlangan Lacetti velosiped haydab kelayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda «Zamon» informatsion ko‘rsatuviga tayanib IIV xabar qilmoqda.

Hodisa oqibatida velosipedchi bosh miya ochiq jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Lekin, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.

Bundan tashqari,14 oktabrda Qashqadaryo viloyatida ham yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda G‘uzor tumani Qovchin qishlog‘ida harakatlanib kelayotgan Lacetti boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etdi. Oqibatda mashina yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.