Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass payshanba kuni tushdan keyin Konservativ partiya rahbari va mamlakat bosh vaziri lavozimini tark etishini e’lon qildi. Siyosatchining nutqi The Guardian nashri tomonidan chop etildi.

Hukumat rahbarining Dauning-stritdagi qarorgohi oldida so‘zga chiqib, u hozirgi vaziyatda Konservatorlar partiyasining mandatini bajara olmaganini tan oldi.

Liz Trass hukumatning yangi boshlig‘i saylanmaguncha bosh vazir bo‘lib qoladi. Kelasi hafta Britaniya vazirlar mahkamasining yangi rahbari saylovi bo‘lib o‘tadi.

Liz Trass bosh vazir lavozimida 45 kun ishladi, bu Britaniya tarixidagi eng qisqa vaqt. Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon qirol Charlz III`ni o‘z qarori haqida xabardor qilgan.