Toshkentdagi Farhod ko‘chasining bir qismi 5 kunga yopiladi, deya xabar qilmoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 17 oktabr soat 22:00 dan 21 oktabr soat 07:00 ga qadar Farhod ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi qisman yopiladi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.