17 oktabr kuni soat 13:30 larda poytaxtning Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida MAN yuk mashinasi, avtobus va Nexia-3 avtotrasporti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, YTHga M.N. boshqaruvidagi MAN yuk avtomashinasi (tirkamali) Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, tormoz tizimida nosozlik paydo bo‘lgan. Haydovchi transportni to‘xtata olmay, oldinda shu yo‘nalishda xarakatlanib kelib, svetaforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan A.F. boshqaruvidagi MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusning orqa chap qismiga kelib urilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Oqibatda, MAN yuk avtomashinasini kabina qismi maxkamlangan joyidan uzilib yerga tushish natijasida sirpanib borib svetaforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan D.G. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasiga urilib shikast yetkazgan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, hodisa natijasida tan jaroxat olganlar yo‘q.