14 oktabr kuni Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda gumon qilingan 22 nafar fuqaro Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisining so‘rovi hamda deputatlik kafolatlari hamda shaxsiy daxlsizlik tamoyili asosida uylariga qaytarildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘zg‘olonlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslar sodir etgan jinoyatidan pushaymonligi, oila a’zolari bergan hujjatlarni o‘rganganligi va jinoyat sodir etganliklarini inobatga olib, ularni yaqinlariga qaytarishga qaror qilindi. «Ular oilasida yagona boquvchi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida yana Nukus, Shimbay, Kegeyli, Xojeli, Shomanay va Kamliko‘l tumanlaridan yana 16 kishi ham ozodlikka chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgustida Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda gumonlangan 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgandi.

Avgust oxirlarida namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan yana 10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi.