Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida hali ham quruq va biroz iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat juma kuni Kavkaz hududlaridan antitsiklon respublikaning eng shimoliga kirib keladi. Shu sabab Qoraqalpog‘istonda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shanba kuni antitsiklon respublika hududlariga tarqala boshlaydi. Kunduz kuni harorat biroz ko‘tariladi va +24…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Bu harorat ushbu kunning me’yoriy qiymatlaridan ko‘p.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Yakshanba kuni ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sovuq antitsiklon ta’sirida havo harorati kechasi +5…+8 daraja, kunduzi +20…+24 darajagacha pasayadi.