Tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda kelishmovchilik sabab o‘quvchi va o‘qituvchi mushtlashgani aks etgan videolar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular o‘zaro kelisholmay qolgan va o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgan, dedi u.

«O‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan, qolgan o‘quvchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchini ajratganligini videodan ham ko‘rish mumkin», deyiladi xabarda.

Biroq, video davomida boshqa o‘quvchi o‘qituvchiga gultuvak otganini ham ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Namangan IIB munosabat bildirib, voqea 19 sentabr kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Bahoriston mahallasi profilaktika inspektori o‘quvchining onasiga MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etiladi, deyiladi xabarda.