Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, milliy valyutadagi o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda. Avgust oyi yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 22,2% ni tashkil etdi.

Bu Markaziy bankning aprel oyidagi asosiy stavkani oshirishi ortidan keyin qayd etilgan minimal ko‘rsatkichdir.


Aholi uchun kreditlar bo‘yicha foizlar o‘rtacha 22,7% ga kamaydi — bu oxirgi besh oy ichida eng past daraja. Shu bilan birga, biznes kreditlari ikki oylik pasayishdan so‘ng yana qimmatlasha boshladi va 21,9% ni qayd etdi.

Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha stavka (365 kungacha) iyul oyida keskin pasayishdan keyin (22,4% dan 20,8% gacha) 21,2% ga yetib, yana o‘sishni boshladi. Uzoq muddatli kreditlash esa 22,5% ga yetdi.

Imtiyozli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka ham 12,2% ga ko‘tarildi. Imtiyozli qisqa muddatli kreditlar 0,4% ga — 11,7% ga qimmatlashdi, 3 yil va undan ortiq muddatga beriladigan kreditlar bo‘yicha foizlar pasaydi.


Uch oy davomida 6,7% darajasida saqlanib qolgan xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz avgust oyida birdaniga 0,7% darajaga ko‘tarilib, 7,4% ni tashkil etdi. Bu 2020 yil may oyidan (7,5%) beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha stavkalar 0,4% ga oshib, 7,5% ni, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha 0,9% ga oshib, 7,3% ni tashkil etdi.

Avgust oyining oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 trillion so‘m ajratilishi va o‘rta biznesni kreditlash uchun 700 million dollar jalb etilishini ma’lum qildi. 1 oktabrdan garov sifatida muomaladagi tovarlar, eksport shartnomalari, akkreditivlar va kelajakdagi tushumlardan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilgan edi.