sentabr oyi oxiri — oktabr oyi boshida Rossiyada «qisman» safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tishda chegarada Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarning uzun navbatlari paydo bo‘ldi. Biroq hozir vaziyat barqarorlashganiga chorshanba kuni «G‘ishtko‘prik» chegara punktiga (Qozog‘iston tomondan — «Jibek yo‘li») tashrif buyurgan «Gazeta.uz» muxbirlari ishonch hosil qilishdi.

Chegaraning ikki tomonida ham vaziyat tinch. Kunduzi mashinalarda kichik navbat paydo bo‘ldi. Jurnalistlar nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lgan butun vaqt davomida — bir soatdan sal ko‘proq — Rossiyaning bor-yo‘g‘i to‘rtta avtomobili O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan.

Bu paytda chegarani odatdagidek piyoda juda tez kesib o‘tish mumkin edi. Qozog‘iston tomonida bir nechta mashina bor edi. Atrofdagi shovqin-suronni esa shu yerdagi sarroflar — oddiy valyuta almashtiruvchilar yaratayotgandi.

Qozog‘iston bilan chegara.

Ҳайдовчилар navbatda turishadi va ishora bo‘yicha tekshirish va pasport nazorati uchun to‘xtashadi. Chegarani kesib o‘tgandan so‘ng, rossiyalik haydovchilar chegarani kesib o‘tishda hech qanday qiyinchilik yo‘qligini, hech kimga ortiqcha savollar berilmaganini aytishdi.

«Biz hamma joydan tez-tez o‘tdik. Chegarachilar xushmuomalalik bilan muloqot qilishdi va bizga xizmat ko‘rsatish darajasiga mos tugmani bosish orqali ularning ishiga baho berishimizni so‘rab, bizga oq yo‘l tilashdi», — deya taassurotlarini o‘rtoqlashdi tyumenlik Aleksey.

O‘zbekiston chegarasi.

Moskva, Moskva viloyati va Sverdlovsk viloyatidan kelgan boshqa haydovchilar ham shunga o‘xshash so‘zlarni aytishdi.

«Hech kim ortiqcha hech narsa so‘ramadi, safarbarlik haqida bir og‘iz so‘z yo‘q, lekin biz bu yerga do‘stlar bilan to‘yga boryapmiz», — dedi Artemiy.