Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 4 nafar o‘zbekistonlik pasportlari olib qo‘yilgan tarzda ishlatilayotgani haqida murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Muammoga oydinlik kiritish maqsadida agentlikning Sankt-Peterburgdagi vakilligi ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazib, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi va fuqarolarning pasportlari o‘z egalariga qaytarildi.

Shuningdek, fuqarolarga Rossiya hamda O‘zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va’dalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.