Bu hafta O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ish jadvalidan mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan qator muhokamalarni o‘tkazishni o‘rin olgan. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kungi anjumanda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» muhbiri.

26 sentabr kuni davlat rahbari elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan soha rahbarlari va mas’ullarining hisobotlarini eshitadi.

Shuningdek, prezident ishtirokida respublikadagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, hafta davomida Shavkat Mirziyoyevning Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.