Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 2022 yil 16 sentabr kuni yuk mashinasi haydovchisi velosipeddagi bolani urib yubordi, deya xabar qilmoqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasidagi Paxtaboshi qishlog‘idan o‘tuvchi ichki avtomobil yo‘lida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda velosipedda ketayotgan 2012 yilda tug‘ilgan bolani urib yubordi.

YTH oqibatida hududdagi 17-sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohati sabab voqea joyida halok bo‘lgan.