O‘zbekiton musson yomg‘irlari oqibatida suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokiston xalqiga insonparvarlik yukini jo‘natdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Toshkentdan harbiy havo transporti orqali qariyb 40 tonna yuk yetkaziladi. Uning ichida oziq-ovqat mahsulotlari: o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlar bor.

Pokistonda musson yomg‘irlari va suv toshqinlari 30 mlndan ortiq kishining kundalik hayotini izdan chiqargan. Mamlakatning g‘arbi va janubidagi Balujiston va Sind provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Yuz minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

Keltirilishicha, mamlakat dunyo hamjamiyatiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Kuchli yomg‘ir va keng ko‘lamli toshqinlar natijasida 1000 dan ortiq odam vafot etgan.

Bugungi kunga qadar Pokistondagi suv toshqinlari natijasida 500 mingga yaqin odam uy-joyini tark etgan, ularning aksariyati vaqtinchalik lagerlarda boshpana topgan. Bo‘ron millionga yaqin uyni vayron qildi, 700 ming bosh qoramol yo‘qoldi.

Transport infratuzilmasiga jiddiy yetgani gumanitar vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 3500 km yo‘l va 150 ta ko‘prik shikastlangan. Ko‘plab jabrlanganlar chuqurliklarga tushib qolgan va xavfsizroq joylarga qochib qutula olmayapti. Bundan tashqari, ularga yordam berish qiyin.

BMT mamlakatdagi vaziyatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun 160 mln dollar so‘ramoqda.