Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yakshanba kuni ertalab 11 yoshli bolaning oyog‘i ariqning temir panjarasiga qisilib qoldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 raqamiga soat 7:20 lar atrofida xabar kelib tushdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, qutqaruvchilar tezda voqea joyiga yetib borib, bolaga yordam ko‘rsatib, ota-onasiga topshirgan. Bolakay hech qanday jarohat olmagan.

Vazirlik ota-onalarni o‘z farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Tahririyatdan

O‘zbekistonning shaharlari va boshqa aholi punktlarida, umuman olganda, ariqlarga va ochiq lyuklarga tushib ketmaslik, yuzaga chiqib turgan armatura, beton parchalari va boshqa buyumlarga qoqilib ketmaslik uchun doimo ogoh bo‘lib yurish zarur. Bunga barcha darajadagi mas’ul shaxslar e’tibor qaratishlari kerak.