O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-iyul oylarida eng ko‘p bug‘doy, shakarqamish va margarin import qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasining import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli ma’lumotlarida aks etgan.

Import qilingan mahsulotlar:

  • bug‘doy — 422,4 mln dollarga;
  • shakarqamish — 251,7 mln dollarga;
  • margarin mahsulotlari — 173,3 mln dollarga;
  • qoramol go‘shti — 116,4 mln dollarga;
  • bug‘doy uni — 72,7 mln dollarga;
  • kakao va shokolad — 61,5 mln dollarga;
  • kartoshka — 57,2 mln dollarga;
  • sut mahsulotlari — 45,4 mln dollarga;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari — 41,8 mln dollarga;
  • banan — 29,4 mln dollarga;
  • choy — 27 mln dollarga;
  • parranda go‘shti — 25,4 mln dollarga;
  • makkajo‘xori — 22,6 mln dollarga;
  • kofe — 17 mln dollarga;
  • qandolat mahsulotlari — 14,3 mln dollarga.

Avvalroq, O‘zbekiston 7 oyda 550 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgani, eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga yetkazib berilgani haqida yozgandik. Qolaversa, yil boshidan beri Farg‘ona (165,8 ming tonna), Samarqand (106,1 ming tonna) va Toshkent viloyati (101,9 ming tonna) eksport borasida yetakchilikni saqlab qolmoqda.