Samarqand aeroporti 14 sentabr soat 00:01 dan 17 sentabr soat 00:01 ga qadar bo‘lgan muddatda tijoriy muntazam va nomuntazam yo‘lovchi hamda yuk reyslarini qabul qilmaydi.

Bunday xabar juma kuni aviakompaniya xodimlari uchun xalqaro ogohlantirish tizimi (NOTAM)da paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda AviaAlertsUZ Telegram-kanali.

Eslatib o‘tamiz, 15−16 sentabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.