Toshkentning ichki va xalqaro terminallari o‘rtasida bepul shatll-bas qatnovi yo‘lga qo‘yildi. UzPort yorlig‘i yopishtirilgan past polli avtobus har kuni 5:00 dan 23:30 gacha qatnaydi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

«Biz yo‘lovchilardan terminallarni bir-biriga bog‘lash bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar oldik. Yo‘lovchilar ayrim hollarda terminallarda adashtirib, noto‘g‘ri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul — taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airports terminallararo qatnovchi avtobusni test rejimida yo‘lga qo‘yishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.

Terminallararo transport har soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviaqatnovlar terminalida avtobus jo‘nab ketish zali yonidagi to‘xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.

«Avtobus xizmatlaridan hamma barcha hohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Shattl mashruti va harakat jadvali.